ODAM PAPILLOMAVIRUSI BILAN BOG‘LIQ OG‘IZ BO‘SHLIG‘I SHILLIQ QAVATI KASALLIKLARINI KLINIK-PATOGENETIK TAHLIL QILISH
- Авторы:Xamrayeva N.X., Turayeva F.A.
- Дата публикации:May 28, 2026
- Тип:Статья
- Том / № Выпуска:Том 1 Выпуск 2
Аннотация
So‘nggi yillarda odam papillomavirusi (OPV) bilan bog‘liq kasalliklar nafaqat ginekologiya va dermatologiya sohalarida, balki stomatologiya amaliyotida ham muhim tibbiy-ijtimoiy muammo sifatida qaralmoqda. OPV epiteliy to‘qimalarga tropizmga ega bo‘lgan virus bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati hujayralarida uzoq muddat saqlanib qolish va patologik jarayonlarni yuzaga keltirish xususiyatiga ega.